Yaponiya immigrasiya xizmati mamlakatda noqonuniy qolib ketgan O‘zbekiston fuqarosi deportasiya qilinganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli ish vizasi bilan kirgan, biroq viza muddati tugaganidan so‘ng ham mamlakat hududida noqonuniy ravishda qolgan.
Immigrasiya xizmati qisqa muddatli vizalar, jumladan, turistik, ishbilarmonlik va oilaviy tashrif vizalari uzoq muddat yashash yoki ishlash huquqini bermasligini eslatdi. Qoidabuzarlik aniqlangan hollarda chet ellik fuqarolar hibsga olinishi, maxsus markazlarga joylashtirilishi va keyinchalik deportasiya qilinisgi belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holatda deportasiya bilan bog‘liq xarajatlar Yaponiya hukumati budjeti hisobidan qoplangan.
Yaponiya immigrasiya xizmati fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga, viza talablariga mos kelmaydigan shubhali xorijiy ish takliflariga ishonmaslikka chaqirdi.