Bu haqda The Japan Times yozmoqda.
Yaponiya mudofaa kuchlari Yaponiya orollarining janubi-g‘arbida, Amami arxipelagidagi Ryukyu orollarining shimoliy qismida joylashgan Tokunoshima oroli (Kagosima prefekturasi) ustidan nazoratni qaytarish bo‘yicha operasiya o‘tkazdi. The Japan Times gazetasining tushuntirishicha, Yaponiya rasmiylari Tokunoshima orolini XXR bilan ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda himoyasiz deb hisoblaydi.
Amami orollari taxminan Yaponiya va Tayvan o‘rtasida joylashgan. Xitoy-Tayvan munosabatlaridagi keskinlik tufayli Tokio chekka hududlarni himoya qilishga ko‘proq e’tibor bera boshladi. Bu yil Tokunoshimada yapon va amerikalik harbiylar ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazilgandi.