Bu haqida Shavkat Mirziyoyevning Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) prezidenti Akixiko Tanaka bilan muzokaralari chog‘ida ma’lum bo‘ldi.
“Tomonlar Yaponiya investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona barpo etish loyihasini tez fursatlarda ishga tushirishga tayyor ekanini bildirdi”, - deyiladi xabarda.
Uchrashuvda, shuningdek, JICAning O‘zbekiston bilan hamkorligi so‘nggi yillarda yuksak darajaga yetgani va loyihalar doirasida mablag‘larni o‘zlashtirish sur’ati tezlashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.