Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yaponiya doimiy yashash ruxsati uchun to‘lovni 20 barobar oshirdi

Yaponiya doimiy yashash ruxsati uchun to‘lovni 20 barobar oshirdi

Yaponiyada doimiy yashash ruxsatini olish endi ancha qimmatga tushadi.

1 oktyabrdan mamlakatda doimiy yashash ruxsati — Permanent Resident maqomini olish uchun davlat boji 20 barobarga oshirildi. Ilgari 10 ming iyena bo‘lgan to‘lov endi 200 ming iyena, ya’ni taxminan 1,3 ming dollarga teng.

Yangi tarif 1 oktyabrdan keyin topshirilgan arizalarga nisbatan qo‘llanadi. Agar hujjatlar 30 sentyabrga qadar qabul qilingan bo‘lsa, qaror keyinroq chiqarilgan taqdirda ham avvalgi tarif saqlanib qoladi.

Ayrim toifadagi arizachilar uchun to‘lov miqdori kamaytirilishi yoki umuman bekor qilinishi mumkin.

Yaponiya hukumati doimiy yashash ruxsatiga nomzodlarga qo‘yiladigan talablarni ham kuchaytirmoqda. Yangi mezonlar 2027 yil 1 apreldan amal qila boshlaydi.

Arizalarni ko‘rib chiqishda oilaning daromadi, moliyaviy aktivlar, pensiya tizimidagi ish staji va kelajakda olinishi mumkin bo‘lgan pensiya miqdori ham baholanadi.

Yana bir yangi talab — yapon tilini kamida B1 darajasida bilish.

Bundan tashqari, nomzodning soliqlar va ijtimoiy badallarni o‘z vaqtida to‘lashi, migrasiya qonunchiligiga rioya qilishi hamda Yaponiyada qancha vaqtdan beri yashayotgani hisobga olinadi.

Kiritildi: 22:40 02.10.2026. O'qildi: 476 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!