Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yaponiya bosh vaziri AQShga tashrif buyurib, tariflarni muhokama qilmoqchi

A A A
Yaponiya bosh vaziri AQShga tashrif buyurib, tariflarni muhokama qilmoqchi

Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba prezident Donald Trampga tariflar bo‘yicha Tokio pozisiyasini yetkazish uchun tez orada AQShga tashrif buyurishga tayyor. Bu haqda Yaponiya hukumati rahbari parlamentning byudjet komissiyasida ma’lum qildi, deb yozadi Report.

"Biz Amerika tomoni bilan doimiy ravishda turli darajalarda muzokaralar olib bormoqdamiz. Agar kerak bo‘lsa, men shaxsan AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar olib boraman, ammo bu masala bo‘yicha hozircha hech narsa hal qilinmagan", – deya ta’kidlab o‘tdi u deputatlar savollariga javob berar ekan.

Shuningdek Isiba "imkon qadar tezroq" Qo‘shma Shtatlarga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirdi.

Bosh vazir Yaponiya tomoni tariflardan ozod qilinmaganidan yana bir bor afsusda ekanini bildirib, mamlakat rasmiylari Amerika tomonini bunga ko‘ndirishda davom etishiga va’da berdi. Bosh vazir qo‘shimcha qildiki, Yaponiya Qo‘shma Shtatlar bilan savdoda “insofsiz ish qilmaydi” va buni Qo‘shma Shtatlarga aniq yetkazish kerak.

Kiritildi: 10:25 07.04.2025. O'qildi: 680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!