Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yapon muxlislari xursand! "Barsa" mamlakatga borishini tasdiqladi

Yapon muxlislari xursand! "Barsa" mamlakatga borishini tasdiqladi

"Barselona"ning Yaponiyaga safar baribir tashkil etiladigan bo‘ldi.

Avvalroq, Kataloniya klubi 27 iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan "Vissel Kobe"ga qarshi o‘yinni o‘tkazishdan bosh tortganini e’lon qilgandi.

"Ko‘k-anorranglilar"ning bu qadami Yaponiyada salbiy reaksiyaga sabab bo‘ldi, deb yozadi Mundo Deportivo. Jijantes ma’lumotlariga ko‘ra, "Barsa"ga o‘tmishda homiylik qilgan Rakuten kompaniyasi klubga to‘lovning qolgan qismini olishda muhim rol o‘ynagan.

Natijada kataloniyaliklar Yaponiyaga kechikib uchishadigan bo‘ldi. Dastlab jamoa bugun ertalab uchishi kerak edi, endi klub yangi safar jadvalini tasdiqlashi kerak.

Ertalabdan futbolchilar bazadagi mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Ular bugun tushdan keyin sayohatga chiqishlari yoki juma kuni uchishlari mumkin.

Kiritildi: 20:18 24.07.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!