Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Yanvar-sentyabr oylarida talabalar tomonidan besh yuzga yaqin jinoyat sodir etilgan

Yanvar-sentyabr oylarida talabalar tomonidan besh yuzga yaqin jinoyat sodir etilgan

Joriy yilning 9 oyi davomida talabalar tomonidan 487 ta jinoyat sodir etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105 taga yoki 13 foizga kam.

Senatning navbatdagi yalpi majlisida qayd etilishicha, yuqoridagi ijobiy raqamlarga qaramay, bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish hamda ota-onalar bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yetarli e’tibor qaratilmaganligi sababli talabalar o‘rtasidagi jinoyatchilik to‘liq bartaraf qilinmagan.

Senatorlar yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish lozimligi hamda yoshlarning jinoyat sodir etishining oldini olish bilan birga jinoyatchilikka qarshi kurashish lozimligi haqida fikrlarini bildirdi.

Parlament so‘roviga javob bergan vazirlik rasmiysiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida vazirlik tomonidan alohida «yo‘l xaritasi» tasdiqlanib, ijroga qaratilgan.

Jamoatchilik guruhi profilaktika inspektorlari bilan kelishgan holda talabalar shaharchasi va yotoqxona atrofida 24 soatlik navbatchilik hamda patrullik xizmati tashkil etgan.

Qolaversa, 2025 / 2026 o‘quv yilidan boshlab «Ijtimoiy faollik indeksi» joriy etilib, talabalarning ma’naviy-ma’rifiy va sport sohalaridagi faolligi, barcha xatti-harakatlari platforma orqali onlayn baholab borilmoqda.

Oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga talabalar kirish-chiqishini monitoring qilishni raqamlashtirish maqsadida «Face-ID» kamera va turniketlar o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘lsa-da, huquqiy hujjat qabul qilinmaganligi natijasida ayrim oliy ta’lim tashkilotlarida ushbu tizim o‘rnatilmagan.

Kiritildi: Bugun 14:38. O'qildi: 155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!