Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarning birida "Isuzu" avtobusi portlab ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat FVB axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa bugun, 1 fevral kuni soat 08:40 da Yangiyo‘l tumani "Registon" MFY Navbahor ko‘chasida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalarning birida yuz bergan.
"Isuzu" rusumli avtotransport vositasiga gaz to‘ldirish vaqtida mashinaga o‘rnatilgan ballonidagi maxsus metall moslama chiqib ketgan, natijada gaz yuqori bosim bilan havoga tarqalgan.