Bugun 4 mart, 2025 yil, seshanba

КИР

15 million so‘mlik maoshli bo‘sh ish o‘rinlari haqida fuqarolar nega ma’lumot ololmayotganiga izoh berildi

15 million so‘mlik maoshli bo‘sh ish o‘rinlari haqida fuqarolar nega ma’lumot ololmayotganiga izoh berildi

❗️Fuqarolarning Yangi Toshkent shahri loyihasi uchun bo‘sh ish o‘rinlari xususida ma’lumot olish maqsadida call-markazga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lana olmayotgani xususida OAVda e’lon qilingan holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

📈Haqiqatdan ham, taklif qurilishda ishlash istagi bo‘lgan ko‘plab yurtdoshlarimizning qiziqishiga sabab bo‘lgan. Kun davomida 1000 ga yaqin qo‘ng‘iroq bo‘lmoqda. Qo‘ng‘iroqlar soni ko‘payganligi tufayli, limit (bir paytning o‘zida 50 tagacha qo‘ng‘iroq)dan oshganda uzilish ro‘y bergan.

📞Ushbu holat 4 mart soat 12:00 ga qadar bartaraf etiladi. Qolaversa, qo‘ng‘iroq qilib, navbat kutishni istamagan (bog‘lana olmagan) hamyurtlarimiz uchun alternativ taklif sifatida telegram bot ishga tushirilmoqda. Endilikda Yangi Toshkent shahri loyihasi qurilishida ishlashni istagan hamyurtlarimiz @yangi_toshkent_qurilishi_bot orqali o‘zlari haqida ma’lumotlarni yozib qoldirishsa, call-markaz operatorlari ma’lumotda ko‘rsatilgan raqamga kun davomida qayta aloqaga chiqadi.

☑️O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi axborot xizmati hamyurtlarimizning ish bilan bandligini ta’minlashda OAV ishtirokini qadrlaydi. E’lon qilinayotgan bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi xabarlar hamyurtlarimizning qiziqishlariga sabab bo‘layotganidan mamnunmiz.

Kiritildi: Bugun 10:03. O'qildi: 1419 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!