Bugun 9 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Gaz quvuri orqali hujum: rossiyalik harbiylar Sudja yaqinida Ukraina pozisiyalariga kirdi!

Gaz quvuri orqali hujum: rossiyalik harbiylar Sudja yaqinida Ukraina pozisiyalariga kirdi!

Rossiyaliklar gaz quvuri orqali Sudjadagi ukrainaliklarning pozisiyalariga kirdi.

8 mart kuni ertalab yuzga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchi Kursk viloyatining Sudja shahri yaqinidagi Ukraina Mudofaa kuchlarining pozisiyalariga gaz quvuri orqali o‘tib oldi.

Bu haqda ukrainalik jurnalist va bloger Yuriy Butusov xabar bermoqda.

"Rossiyaliklar dronlarga sezdirmasdan hujumchi rotani olib o‘tish uchun gaz quvuridan foydalanib, jangovar tartibimizga suqilib kirishdi. Quvur kuchaytirilgan kuzatuv ostiga olindi, hujumchilar to‘plangan hudud aniqlandi va dushmanni yo‘q qilish ishlari olib borilmoqda," - deydi jurnalist. U yana Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi ham taktik, ham operativ jihatdan qulay pozisiyani boy berganini qo‘shimcha qildi.

Shu bilan birga, "Ukrainskaya pravda" xabar berishicha, 100 ga yaqin rossiyalikning gaz quvuri bo‘ylab harakatlanishi ukrainaliklar uchun kutilmagan hodisa bo‘lmagan, Ukraina Qurolli kuchlari rossiyaliklarning bu rejalaridan xabardor edi. Biroq so‘nggi kunlarda Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘mondonligining e’tibori Kirillovka aholi punkti atrofidagi vaziyatga qaratilgandi.

Bundan tashqari, cheklangan logistika sharoitida quvurni portlatish imkonsiz edi, deb izoh berdi suhbatdosh.

"Rossiyaliklar bu operasiyaga bir necha kun tayyorgarlik ko‘rdilar, chiqish joyini KABlar bilan tozaladilar," deya o‘z manbasining so‘zlarini keltirmoqda OAV.

Rossiyaliklar Sudjaga kirishga muvaffaq bo‘lgan-bo‘lmaganligi va hozirgi vaziyat qanday ekanligi hali noma’lum.

"UP"ning taxminiga ko‘ra, ehtimol, gap Urengoy - Pomari - Ujgorod gaz quvurining yer osti quvurlari haqida ketmoqda. Rossiya 2025 yil 1 yanvargacha bu quvurlar orqali Ukraina hududidan o‘tib Yevropaga gaz yetkazib bergan. Bitta quvurning diametri 1,4 metrni tashkil etadi.

Kiritildi: 21:58 08.03.2025. O'qildi: 4915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!