Bugun 9 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

NATOga darz ketdi: AQSh Yevropa harbiy mashg‘ulotlaridan chekinishga qaror qildi!

NATOga darz ketdi:  AQSh Yevropa harbiy mashg‘ulotlaridan chekinishga qaror qildi!

AQSh NATO'dagi ittifoqchilarini Yevropada bo‘lajak harbiy mashg‘ulotlarni rejalashtirishda ishtirok etishni to‘xtatish niyati haqida xabardor qildi.

Bu Shvesiyaning Expressen nashri manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, bu qaror NATO'ning 2025 yilga mo‘ljallangan va Qo‘shma Shtatlar asosiy rol o‘ynashi kutilayotgan mashg‘ulotlarga ta’sir qilmaydi.

Expressen manbalaridan biriga ko‘ra, bu alyansning hozirda “rejalashtirish” bosqichida bo‘lgan mashg‘ulotlariga tegishli. Vashington Yevropadagi harbiy xarajatlarni qisqartirish va asosiy e’tiborni Hind-Tinch okeani mintaqasiga qaratishni ustuvor vazifa sifatida belgilagan.

Kiritildi: 17:00 08.03.2025. O'qildi: 2255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!