Bugun 9 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Rossiya hududida jang qilayotgan Ukraina kuchlari deyarli to‘liq qurshab olingan

Rossiya hududida jang qilayotgan Ukraina kuchlari deyarli to‘liq qurshab olingan

Rossiya hududida jang qilayotgan Ukraina kuchlari deyarli to‘liq qurshab olingan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlikning xabar berishicha, gap minglab ukrainalik harbiylar haqida ketmoqda.

"Bu Ukraina uchun jiddiy zarba bo‘ldi, chunki Kiyev mintaqadagi harbiy ishtirokini Moskva bilan ehtimoliy tinchlik muzokaralarida bosim vositasi sifatida ishlatishga umid qilgan edi", deb yozadi Reuters.

Agentlikning qayd etishicha, so‘nggi uch kun ichida Ukraina Qurolli kuchlarining Kurskdagi holati keskin yomonlashdi, Rossiya kuchlari hujum amaliyoti doirasida muhim hududlarni qaytarib oldi. Bu esa Ukraina kuchlarini deyarli ikkiga bo‘lib, asosiy qismini ta’minot yo‘llaridan uzib qo‘ydi.

Avvalroq Politico nashri Rossiyaning Kursk viloyatida oldinga siljidi Ukrainani qurshovga tushmaslik uchun u yerdan o‘z qo‘shinlarini olib chiqish haqida o‘ylashga majbur qilayotgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 09:58 08.03.2025. O'qildi: 3442 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!