Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Yangiyo‘lda yuk mashinasi va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yangiyo‘lda yuk mashinasi va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bugun Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumani hududida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, voqea tafsilotlari haqida viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, YTH 13 dekabr soat 16:30 lar atrofida Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi M-34 «Toshkent–Dushanbe» avtomobil yo‘lida yuz bergan. 1984 y.t. haydovchi boshqaruvidagi XCMG yuk mashinasi bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu avtobusning orqa yon qismiga urilib ketgan.

Avtobusning ikki nafar jarohatlangan yo‘lovchisiga tuman tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi ekani bildirilgan.

Holat bo‘yicha Yangiyo‘l tumani IIB tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 21:43 13.12.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!