Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

😳 Yangiqo‘rg‘onda kelin ovsinining ko‘zini ko‘r qildi

A A A
😳 Yangiqo‘rg‘onda kelin ovsinining ko‘zini ko‘r qildi

😔Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi Zulfiya Abdullayevaning (ismi o‘zgartirilgan) barcha kabi ko‘zlari benuqson edi. Biroq uning ovsini bilan o‘rtasida kelib chiqqan janjal sabab bir ko‘zi ko‘rmay qoldi...

2020 yilining 7 avgust kuni soat 19:30larda Yangiqo‘rg‘on tumanidagi xonadaonlardan birida yashovchi ovsinlar o‘rtasida tortishuv kelib chiqadi. 24 yoshli kichik kelin 29 yoshli ovsiniga uydagi yumushlar sabab qo‘pol munosabatda bo‘ladi. Buni ko‘tara olmagan katta kelin avval bosiqlik bilan masalani xal etmoqchi bo‘ladi biroq ovsini xovuridan tushavermagach, nafsoniyatga tegadigan so‘zlar bilan uni xaqorat qilib, o‘z xonasiga kirib ketadi.

Xaqoratni ko‘tara olmagan kichik kelin ovsinining ortidan borib, dastlab eshikni itaradi, eshik ochilmagach, deraza orqali ichkariga kirmoqchi bo‘ladi. Derazani oynasini jahl bilan urgan vaqtda oyna sinib, parchasi katta kelinning o‘ng ko‘ziga kirib ketadi.

👁Shifokorlarning bergan xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi ko‘z qismidan og‘ir darajada tan jaroxati olgan va o‘ng ko‘zi ko‘rish qobiliyatidan ayrilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatkari olib borilmoqda.
 

Kiritildi: 22:01 23.08.2020. O'qildi: 13659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik