1 may kuni soat 17:18 da Toshkent shahar Yangihayot tumani, "Xushnud" MFY hududida joylashgan, non mahsulotlarini ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:24 da yetib borib, yong‘in soat 17:33 da qurshab olinib, soat 17:37 da o‘chirildi.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.