Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Yangihayot tumanida 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirib ketishdi

Yangihayot tumanida 12 yoshli qizni zo‘rlab, o‘ldirib ketishdi

Joriy yilning 31 yanvar kuni Yangihayot tumanida zo‘rlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi "v,z" bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Ma’lumot o‘rnida, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.

Mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Kiritildi: 12:08 01.02.2023. O'qildi: 6718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!