Xorazm viloyati prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Yangibozor tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida fuqaro R.O tomonidan o‘simlik qoldiqlari bir joyga to‘plab yoqib yuborganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari ya’ni 1 million 125 ming so‘m jarima belgilandi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz: Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, 62-modda