Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Yangi Zelandiya Isroil fuqarolaridan viza olishda harbiy xizmatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etishni talab qilmoqda

Yangi Zelandiya Isroil fuqarolaridan viza olishda harbiy xizmatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etishni talab qilmoqda

Yangi immigrasiya qonunlariga ko‘ra, Yangi Zelandiya Isroil fuqarolaridan viza olishda ularning harbiy xizmatlari haqida batafsil ma’lumot taqdim etishni talab qilmoqda.

Times of Israel xabariga ko‘ra, 18 yoshdan katta bo‘lgan Isroil fuqarolari, Yangi Zelandiyaga turistik viza olish uchun murojaat qilganda, endi Isroil armiyasida xizmat qilganliklari yoki zahira holatida ekanliklarini so‘rashadi.

Agar Isroil fuqarolari armiyada xizmat qilganliklarini aytsa, ulardan xizmat davri va joylari, shuningdek, «harbiy jinoyatlarga aloqador bo‘lganliklari» haqida so‘raladi.

Ikkinchi anketa esa, ular maxsus xizmatlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar yoki inson huquqlarini buzishga aloqador guruhlar bilan aloqada bo‘lganligini so‘raydi.

Agar harbiy xizmatlari haqida xavfsizlik sabablari bilan ma’lumot bermaganlar bo‘lsa, viza olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar.

Hozirga qadar, Isroilning Falastin hududlariga hujumlarida ishtirok etgan kamida bir Isroil fuqarosi mamlakatga kiritilmagan.

Yangi Zelandiya immigrasiya bo‘limi (INZ) tomonidan chiqarilgan bayonotda, Isroil fuqarolarining Falastinga hujumlarda ishtirok etishi ularning mamlakatga kirishiga avtomatik taqiq qo‘ymaydi.

Kiritildi: 02:30 30.01.2025. O'qildi: 750 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!