Bugun 20 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Olimlar shahar kanalizasiya tizimida alligatorlarning ko‘pligini ko‘rib «hayron qolishdi»

Olimlar shahar kanalizasiya tizimida alligatorlarning ko‘pligini ko‘rib «hayron qolishdi»

Tadqiqotchilarning fikricha, bu holat ekologik ongli shahar rejalashtirish ishlarini keltirib chiqarishi mumkin.

Yangi tadqiqotda olimlar ma’lum qilishicha, Florida kanalizasiya tizimlari alligatorlar, yenot va boshqa o‘nlab hayvonlar bilan to‘lib-toshgan, ular shahar bo‘ylab harakat qilish uchun drenaj quvurlaridan foydalanmoqda.

Butun dunyo bo‘ylab yovvoyi hayvonlar tez sur’atda davom etayotgan urbanizasiya tufayli inson tomonidan o‘zgartirilgan muhitda yashashga majbur bo‘lmoqda.

"Urban Naturalist" jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotda yovvoyi hayvonlar Floridaning yaxshi bog‘langan yer osti yomg‘ir suvlari kanalizasiya tizimlaridan (SSS) qanday foydalanishi o‘rganildi.

Tadqiqotchilar, ayniqsa shtatning Alachua okrugida, yovvoyi hayvonlar bu yo‘ldan qanday foydalanishini aniqlash uchun kamera tuzoqlaridan foydalanishdi.

Umuman olganda, olimlar kanalizasiya tizimidan harakatlanish uchun foydalanadigan umurtqalilarning jami 35 turini, jumladan, amfibiyalar, sudralib yuruvchilar va qushlarni aniqladilar.

Florida universitetining tadqiqot hammuallifi Alan Ivory New York Times gazetasiga: "U yerdagi hayvonlarning ko‘pligi bizni hayratga soldi," deb aytdi.

Sudralib yuruvchilarning yetti turi ham aniqlandi, jumladan, Amerika alligatori "eng ko‘p joylarda qayd etilgan".

Tadqiqotchilar aytishicha, sudralib yuruvchilarning aksariyati tadqiqot davrining yarmidan ko‘p qismida suv saqlanib qolgan joylarda topilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, ba’zi sudralib yuruvchilar, jumladan, sariq qorinli sirg‘anchiq toshbaqa turi quvurlardan hovuzlar orasidagi yo‘lak sifatida foydalangan.

Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, bir qancha hayvonlar gavjum yo‘llarni kesib o‘tmaslik uchun kanalizasiya tizimidan foydalanmoqda.

Tadqiqotchilar aytishicha, ayrim hayvonlar, ayniqsa kichikroqlari, bo‘ronlar tizimga katta miqdordagi suvni olib kirganidan so‘ng kanalizasiyaga oqib tushganga o‘xshaydi.

"Alligatorlar kuzatilgan 5 ta joydan 4 tasi oddiy quvurlar bo‘lib, shu sababli alligatorlar kuzatuvlarining aksariyati (50 ta kuzatuvdan 35 tasi) bir hovuzdan ikkinchisiga suzib o‘tgan hayvonlar bo‘lgan va shu tariqa gavjum yo‘llarni kesib o‘tishdan qochgan," deb yozishadi olimlar.

Kiritildi: 23:30 15.02.2025. O'qildi: 5976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!