Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Yangi yil tadbirlari munosabati bilan ayrim markaziy ko‘chalar yopiladi

Yangi yil tadbirlari munosabati bilan ayrim markaziy ko‘chalar yopiladi

Poytaxtda yangi yil tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan quyidagi ko‘chalarda transport harakati vaqtincha cheklanadi.

📅 2025 yil 15 dekabrdan — 2026 yil 15 yanvargacha.
📍 O‘zbekiston Milliy kutubxonasi old maydoni atrofida:
Zarafshon ko‘chasi — “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasi qo‘riqlash punktidan Matbuotchilar ko‘chasigacha;
Istiqlol ko‘chasi — A. Temur shoh va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘ida;
Buyuk Turon ko‘chasi — Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha.

📅 2025 yil 17 dekabrdan — 2026 yil 5 yanvargacha.
📍 Taras Shevchenko gastronomik-turizm ko‘chasida:
Taras Shevchenko ko‘chasi — Fidokor ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;
Sayyid Baraka ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha.
Haydovchilardan harakatlanishda oldindan muqobil yo‘llardan foydalanish so‘raladi.

Kiritildi: 17:48 13.12.2025. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!