23 dekabr kuni AQSh Immigrasiya va bojxona xizmati (ICE) ijtimoiy tarmoqlarda Santa Klaus migrantlarni hibsga olgani aks etgan videoni joylashtirdi.
"Mamlakatni o‘zingiz tark eting, 3000 dollar ishlab toping va Rojdestvoni uyda yaqinlaringiz bilan o‘tkazing. Ushbu bayram aksiyasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi", — deyiladi postda.
Kadrlarda Santa Klaus migrantlarni hibsga olib, deportasiya qilayotgani aks etgan.
Avvalroq, 10 dekabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Qo‘shma Shtatlar "jahannam tuynuklari"dan juda ko‘p muhojirlarni qabul qilayotganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp prezidentlikka kelganidan so‘ng AQShda jinoyatchilik, boshpanasizlik va noqonuniy immigrasiyaga qarshi kurash bo‘yicha keng ko‘lamli operasiya boshlandi. Ushbu tashabbus doirasida Oq uy Los-Anjeles va Vashingtonga Milliy gvardiyaning minglab askarlarini yubordi. Keyinroq G‘arb OAVlari AQSh ma’muriyati noqonuniy immigrasiyaga qarshi kurashni kuchaytirish uchun 19 shtatga 1700 nafargacha askar jo‘natishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi.