Bugun 7 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Yangi o‘quv yili uchun davlat OTMlarga hujjat topshirish boshlandi

Yangi o‘quv yili uchun davlat OTMlarga hujjat topshirish boshlandi

Bugundan boshlab abituriyentlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

➖ abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi xolos;

➖ agar kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda aynan o‘zi kirmoqchi bo‘lgan OTMda ijodiy imtihon topshirish shart emas. Masalan, kimdir O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiya universitetiga kirmoqchi bo‘lsa, unda ijodiy imtihonni istalgan hududda, aytaylik Buxoro yoki Andijonda topshirsa ham bo‘ladi;

➖ Test topshirish hududi qismida So‘x va Denov tumani ham bor. Ya’ni So‘x tumanidagilar Farg‘ona shahriga, Denov hamda uning atrofidagi tumanlar Termiz shahriga kelishi shart emas;

➖ Avvalgi yillarda bitirganlar testga kirish uchun 187 ming 500 so‘m miqdorida to‘lov qilishi kerak bo‘ladi. To‘lovni 25-iyungacha bo‘lib to‘lash ham mumkin, undan kechiksa, testga kiritilmaydi;

➖ fikri o‘zgarib qolgan abituriyent 25-iyungacha qayta ariza topshirsa bo‘ladi. 25-iyundan keyin arizani o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi;

✅ Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

Kiritildi: 14:22 05.06.2025. O'qildi: 492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!