Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yangi Toshkentga qatnaydigan avtobus yo‘nalishi ochildi

Yangi Toshkentga qatnaydigan avtobus  yo‘nalishi ochildi

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘i bilan poytaxtdagi ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi.

Transport vazirligining xabar berishicha, shu yilning 28 mart sanasidan boshlab amaldagi 190-sonli “Yangibozor ASHB — Mashinasozlar metrosi“ yo‘nalishi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha bir tomonlama harakat qiladi. So‘ng o‘zining avvalgi yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettiradi.

Yangi tashkil etilgan 197-sonli avtobus yo‘nalishi O‘zbekiston mehmonxonasi bekati — Yangi Toshkent bekati yo‘nalishida harakatlanadi. Ushbu yo‘nalish “Mahtumquli va Yangi O‘zbekiston“ yo‘li ko‘chalari orqali harakatlanadi.

137-sonli avtobus yo‘nalishi esa endilikda Istiqbol mahallasi bekatidan Parkent yo‘li ko‘chasi orqali Yangi Toshkent bekatigacha ikki tomonlama harakat qiladi. Yo‘nalish “Yangi Toshkent bekati — Qo‘shqo‘rg‘on mahallasi“ deb qayta nomlanadi.

Kiritildi: 16:04 28.03.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!