Bugun 3 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Eronga xavf yaqinmi? AQSh 5 ta B-2 Spirit strategik bombardimonchilari hamda KC-130 havoda yoqilg‘i quyish samolyotlarini olib keldi

Eronga xavf yaqinmi? AQSh 5 ta B-2 Spirit strategik bombardimonchilari hamda KC-130 havoda yoqilg‘i quyish samolyotlarini olib keldi

AQSh Eron sohilidan 3400 km uzoqlikda joylashgan Tinch okeanidagi Diego Garsiya oroliga 5 ta B-2 Spirit strategik bombardimonchilari hamda KC-130 havoda yoqilg‘i quyish samolyotlarini olib keldi.

Ular yaqinroqdagi arab davlatlariga joylashtirilmaganining sababi bor. Birinchidan Qatar va boshqalardagi bazalar Eron raketalari jangovar radiusiga kiradi. Qolaversa, ular Tehron hamda Vashington o‘rtasiga tushib qolishni istashmaydi.

Tramp bu bilan Eronga bosim o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo AQSh prezidentining sabri tugaganda qanday ishlarga qo‘l urishini husiylar misolida ko‘rdik. Shunday qilib, u hali birorta urushni tugatmay, yangisini boshlashi mumkin.

Kiritildi: 19:47 01.04.2025. O'qildi: 3917 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!