Bugun 3 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Buxorodagi bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishi oqibatida vafot etdi

Buxorodagi bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishi oqibatida vafot etdi

Buxoro viloyati Buxoro tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 1,5 yoshli tarbiyalanuvchi tok urishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 28 mart kuni tumandagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2023 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi SH. SH. vafot etgani aniqlangan.

Ayni paytda IIB tomonidan bolaning o‘lim sabablari yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Kiritildi: 11:15 01.04.2025. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!