Bugun 3 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

"Ajdaho va fil raqsi": Si Szinpin Hindistonga murojaat qildi

"Ajdaho va fil raqsi": Si Szinpin Hindistonga murojaat qildi

Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi Si Szinpin Hindistonni yanada yaqinroq hamkorlikka da’vat etib, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar ularning ramziy hayvonlari - "ajdaho va fil raqsi"ga o‘xshashi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda u Hindiston prezidenti Draupadi Murmuga ma’lum qilganini NDTV telekompaniyasi xabar bermoqda.

Ikki davlat rahbarlari seshanba kuni diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 75 yilligi munosabati bilan bir-birlariga tabrik maktublari yo‘lladilar. Bu voqea 2020 yilda Himolay tog‘lari chegarasida Xitoy va Hindiston harbiy kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvdan keyin vujudga kelgan keskinlikning asta-sekin pasayishi fonida sodir bo‘ldi.

Si Szinpin qo‘shni mamlakatlar tinch-totuv yashash yo‘llarini izlashi zarurligini ta’kidladi. U, shuningdek, asosiy xalqaro masalalarda hamkorlik va muvofiqlashtirish ishlarini chuqurlashtirish, chegara hududlarida barqarorlikni birgalikda ta’minlash borasida tayyorligini bildirdi.

Kiritildi: 19:58 01.04.2025. O'qildi: 2157 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!