Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni zamonaviy futbol stadioni qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
“Yangi Toshkent stadioni FIFAning barcha talablariga mos ravishda barpo etiladi hamda Osiyodagi eng yirik va zamonaviy infratuzilmaga ega futbol maydonlaridan biri bo‘ladi”, - dedi prezident.
O‘z nutqida davlat rahbari so‘nggi yillarda O‘zbekiston futbol sohasida erishgan yutuqlarni sanab o‘tdi, jumladan terma jamoaning jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani, hamda dunyoning turli klublarida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilarning umumiy transfer qiymati 60 million dollardan oshgani qayd etildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda FIFA va Osiyo futbol konfederasiyasi talablariga javob beradigan futbol maydonlarning soni 10 tadan oshdi.