Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp va milliarder Ilon Mask fuqaroligidan mahrum qilinishi mumkin

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp va milliarder Ilon Mask fuqaroligidan mahrum qilinishi mumkin

AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp va milliarder Ilon Mask fuqaroligidan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda Newsweek xabar berdi.

"Respublikachi senator Berni Moreno yangi qonun loyihasini ilgari surmoqda. Ushbu qonun loyihasi Qo‘shma Shtatlarda qo‘shfuqarolikni taqiqlashni nazarda tutadi va bu bir qator amerikalik taniqli shaxslarga ta’sir qilishi mumkin", deya xabar bermoqda nashr.

Agar mazkur qonun kuchga kirsa, Sloveniya fuqaroligiga ham ega bo‘lgan AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp bir yil ichida Sloveniya yoki AQSh fuqaroligidan voz kechishga majbur bo‘ladi. Tramp oilasidan tashqari, cheklovchi choralar amerikalik ishbilarmon Ilon Maskka ham ta’sir qilishi mumkin. U AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi va Kanada fuqaroligiga ega.

Kiritildi: Bugun 14:16. O'qildi: 367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!