Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yangi Rim papasini saylash uchun konklav 7 may kuni boshlanadi

Yangi Rim papasini saylash uchun konklav 7 may kuni boshlanadi

Yangi Rim papasini saylash uchun konklav 7 may kuni boshlanadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlikning Vatikanidagi yuqori martabali manbasiga ko‘ra, konklav sanasi kardinallarning 26 aprel kuni, papa Fransiskning dafn marosimidan keyingi birinchi yopiq yig‘ilishida belgilangan. Yaqin orada bu haqda rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning turli burchaklaridan 80 yoshgacha bo‘lgan taxminan 135 nafar kardinal konklavda ishtirok etish huquqiga ega.

2005 va 2013 yillardagi so‘nggi ikki konklav ikki kun davom etgan. Biroq shved kardinali Anders Arboreliusning so‘zlariga ko‘ra, bu safargi konklav uzoqroq davom etishi mumkin, chunki ko‘plab kardinallar Rim papasi tomonidan tayinlangan bo‘lsa-da, ular ilgari bir-biri bilan uchrashmagan.

Kiritildi: 18:03 28.04.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!