Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Yangi "prava" bilan ichki reyslarda parvoz qilishga ruxsat berilishi mumkin

A A A
Yangi "prava" bilan ichki reyslarda parvoz qilishga ruxsat berilishi mumkin

“Uzbekistan Airports” yangi haydovchilik guvohnomasidan foydalangan holda parvozga ro‘yxatdan o‘tish yuzasidan quyidagilarni ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyundagi “Ichki ishlar organlari tizimida davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va tartiblarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tegishli qaroriga asosan yangi milliy haydovchilik guvohnomasi shaxsni tasdiqlovchi rasmiy davlat hujjati maqomiga ega.

“Uzbekistan Airports” tasarrufidagi aeroportlarning faoliyati respublika transport sohasiga oid hujjatlar, jumladan, o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan tartibga solinadi hamda yuqori vazirlik va idoralar tomonidan ijro uchun yuboriladi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda aeroportlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat sifatida tan olinadigan va yo‘lovchilarga ulardan foydalangan holda ichki yo‘nalishdagi reyslarga ro‘yxatdan o‘tish huquqini beruvchi hujjatlarning (haydovchilik guvohnomasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, harbiy guvohnoma va boshqalar) yakuniy ro‘yxatini idoralararo tasdiqlash ishlari yakunlanmoqda.

Kiritildi: 10:07 01.02.2024. O'qildi: 1195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!