—Pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakli rasman tan olinadi;
—Bolalar nafaqasi miqdori oshadi;
—Fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensasiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi;
—Pensiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari 10 foizga oshiriladi;
—Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi;
—Davlat ta’lim tashkilotlari va muassasalari hududida joylashgan va ular balansidagi bog‘lar hamda ep maydonlari xususiylashtirilishi taqiqlanadi;
—Barcha tovarlar eksportiga cheklovlar bekor qilinadi;
—Davlat madaniyat muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi oshiriladi;
—Elektron tijorat operatorlari faoliyati xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi;
—Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimi talablari asosida tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha bojxona organlarining dastlabki qarorlarini berish tartibi joriy etiladi;
—To‘lov va elektron pul tizimlari, shuningdek, to‘lov tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuchayadi;
—Energiya samaradorligi milliy agentligi tomonidan BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratiladi.