Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Yangi ochilayotgan Abdulla Qodiriy ijod maktabining ijodiy tanlovlari boshlandi

A A A
Yangi ochilayotgan Abdulla Qodiriy ijod maktabining ijodiy tanlovlari boshlandi

2019–2020-o‘quv yilida Toshkent shahrida faoliyat boshlaydigan o‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabining 5–8-sinflariga 120 nafar o‘quvchini qabul qilish rejalashtirilgan. Shu yilning 21–25-avgust kunlari Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida o‘qish istagida bo‘lgan 488 nafar o‘quvchidan hujjatlar qabul qilindi. Bir o‘ringa o‘rtacha 4,1 nafar nomzod to‘g‘ri kelmoqda.

28 avgustda boshlangan ijodiy tanlovlar Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 224-sonli maktabda bo‘lib o‘tmoqda. XTV axborot xizmatining xabar berishicha, tanlovlarni shaffof va adolatli o‘tkazish maqsadida vazirlik O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birga zarur choralarni ko‘rgan, tanlov jarayonida o‘quvchilar va ota-onalarga barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, ota-onalarga tanlov jarayonlarini onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.

Ijodiy imtihonlardan muvafaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar 30 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlarida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 dekabrdagi farmoyishi ijrosini ta’minlash bo‘yicha Toshkent shahar hokimining 2019 yil 21 avgustdagi qarori asosida tashkil etilmoqda. Yangi ijod maktabi poytaxtimizning Olmazor tumani hududida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududida barpo etilayotgan yangi o‘quv binosida joylashadi.

Kiritildi: 07:45 30.08.2019. O'qildi: 2037 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik