Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Z.L. o‘ziga tegishli novvoyxonada umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 200,5 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.