2025 yil 1 iyul kuni Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani “Yuksalish” mahallasida hudud profilaktika inspektori katta leytenant Abduvaliyev Abdurasul Qaxarovich xizmat burchini bajarish chog‘ida og‘ir tan jarohati olishi natijasida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Gumonlanuvchi YU.Xolbozorov joriy yilning 4 iyul kuni soat taxminan 06:30 larda Xo‘jaobod tumanida joylashgan “Yuksalish” mahallasi “So‘qoloq“ qabristonidagi makkapoya ichida yashirinib yotganligi aniqlangan, qo‘lga olish jarayonida u o‘zining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan hamda birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyatchini qo‘lga olishda ko‘maklashgan fuqarolarga Ichki ishlar vazirligi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.