FIFA prezidenti Janni Infantino portugaliyalik futbolchilar Diogu Jota va Andre Silvaning fojiali o‘limi haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Ispaniyada sportchilar avtohalokatda halok bo‘ldi. Angliyaning "Liverpul" klubi futbolchisi Jota 28 yoshda, Portugaliyaning "Penafiel" klubida to‘p tepgan Silva esa 25 yoshda edi.
"Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvaning fojiali o‘limi haqidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi. 28 yoshida Diogu ajoyib karyera qildi va uning oldida yana ko‘plab ajoyib yillar bor edi, ukasi Andre esa "Penafiel"da muvaffaqiyat qozondi. Ikkalasi ham ularni bilgan barchaga va jahon futbol hamjamiyati uchun katta yo‘qotish.
FIFA va umuman butun futbol oilasi nomidan ularning oilasi va do‘stlari, shuningdek, "Liverpul", "Penafiel" va Portugaliya futbol federasiyasidagi barchaga hamdardman", - deya Infantinoning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida.