Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Surxondaryoda keksa ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Surxondaryoda keksa ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida 71 yoshli ayol o‘z uyida o‘ldirib ketildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 1 iyul kuni soat 09:40 larda Denov tumani “Buyuk kelajak” mahallasida yashovchi G.Umbarovani yashash uyida u bilan vaqtinchalik yashab kelayotgan nevarasi uyg‘otmoqchi bo‘lib kirganida, momosi G.U. (1954 yilda tug‘ilgan)ning jasadi bosh qismida tan jarohatlari bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, uni fosh etish choralari ko‘rilmoqda. Hozirda tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:55 03.07.2025. O'qildi: 1345 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!