Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonlik hakam Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi o‘yinga tayinlandi

O‘zbekistonlik hakam Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida navbatdagi o‘yinga tayinlandi

Ayni kunlarda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Turnirda Ilgiz Tantashev boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi ham ishtirok etishmoqda.

Ilgiz Tantashev va Andrey Sapenko Jahon chempionatining 1/4 final o‘yinida ishlaydi. O‘zbekistonlik hakamlar 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan “Palmeyras” va “Chelsi” jamoalari o‘rtasidagi bahsda faoliyat olib boradi.

Bosh hakam: Alirizo Fag‘oni (Avstraliya)
Qanot hakami: Anton Shetinin (Avstraliya)
Qanot hakami: Eshli Bechim (Avstraliya)
Zaxira hakami: Ilgiz Tantashev (O‘zbekiston)
Zaxira hakami yordamchisi: Andrey Sapenko (O‘zbekiston)

Ma’lumot uchun, Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi bungacha 3 ta bahsda ishladi. Xususan, ular musobaqaning guruh bosqichi doirasidagi “Fluminense” — “Borussiya Dortmund” (bosh hakam), “Inter Mayami” — “Portu” (zaxira hakami) va “Inter” — “River Pleyt” (bosh hakam) jamoalari o‘rtasidagi bahslarda faoliyat olib borishgan edi.

Kiritildi: 23:49 03.07.2025. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!