Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Kurskda halok bo‘ldi

Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Kurskda halok bo‘ldi

Bu haqda Primore o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako ma’lum qildi.

Kojemyakoning so‘zlariga ko‘ra, Gudkov "polkdoshlari bilan birga zobitlik burchini bajarish chog‘ida" halok bo‘lgan. Gubernator u bilan birga halok bo‘lganlar qatorida ofiser Nariman Shixaliyevni ham sanab o‘tgan. Kojemyako Gudkov va quroldoshlarining o‘limi tafsilotlari va bu qachon ro‘y berganiga aniqlik kiritmagan.

Rossiya mudofaa vazirligi Gudkovning o‘limini tasdiqlagan. Vazirlikka aloqador “Zvezda” telekanalida berilgan xabarda aytilishicha, Gudkov 2 iyul kuni Kursk oblastining chegara hududlaridan birida jangovar vazifalarni bajarish chog‘ida halok bo‘lgan.

Ayrim Telegram-kanallarga ko‘ra, Gudkov boshqa 10 dan ortiq ofiser bilan birga Korenevo rayonida, chegara yaqinidagi qo‘mondonlik punktiga Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan yo‘llangan zarba qurboni bo‘lgan, ammo bu qachon ro‘y berganiga aniqlik kiritilmagan.

Dengiz piyodalarining “Tayfun” jamoat tashkiloti tomonidan e’lon qilingan nekrologda qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari 2025 yil 2 iyul kuni 155-dengiz piyodalari brigadasi qo‘mondonlik punktiga raketa zarbasi yo‘llagan. Korenevoda oldingi chiziqdagi punktga to‘rtta raketa kelib tushishi oqibatida 10 dan ortiq kishi, jumladan, Gudkov va yana bir necha katta ofiserlar halok bo‘lgan.

Kiritildi: 20:45 03.07.2025. O'qildi: 1200 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!