Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yangi Nafas – ekiden ommaviy yugurish musobaqasi

A A A
Yangi Nafas – ekiden ommaviy yugurish musobaqasi

Joriy yilning 10 dekabr kuni soat 11:00 da Yangi Nafas xalqaro sport harakatining boshqaruvi ostida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan jamoaviy musobaqalar bo‘lib o‘tadi.

Yangi Nafas – ekiden musobaqalari erkaklar, ayollar va aralash estafetada o‘tkaziladi. Tasdiqlangan nizomga asosan, aralash estafeta tarkibida kamida 2 ta ayol va eng ko‘pi bilan 5 ta erkak bo‘lishi kerak. Jamoada 6 nafar erkak va 1 nafar ayol ishtirok etadigan holda, jamoa erkaklar toifasida ishtirok etadi.

Ayni paytda iticket.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish jarayoni ochiq bo‘lib, quyidagi havola orqali o‘tish mumkin:
https://iticket.uz/ru/events/other-events/yangi-nafas-ekiden/28784

Yangi Nafas – Ekidenning g‘alaba qozongan jamoalariga tashkilotchilar tomonidan quyidagi pul mukofotlari topshirilishi ko‘zda tutilgan:

• 1-o‘rin uchun - 7 000 000 so‘m
• 2-o‘rin uchun - 5 000 000 so‘m
• 3-o‘rin uchun - 3 000 000 so‘m

Musobaqani tashkil etishda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, «O‘zbekneftgaz» AJ, O‘zbekiston yengil atletika federasiyasi va bir qator tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 19:36 04.12.2023. O'qildi: 1489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!