Shvesiyalik UFC jangchisi Hamza Chimayev irlandiyalik Konor MakGregorga qarshi kortga chiqmoqchi. U bu haqda tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Chimayev promouterlik xizmati rahbari Dana Uaytdan ikki vazn toifasida tashkilotning sobiq chempioni bilan duel tashkil qilishni so‘radi. "Konor MakGregor – bu tovuq yuragi uradigan mashina. Dana Uayt, men ochman, iltimos, menga shirinlik bering", – deb yozgan Chimayev.
26 iyul kuni Chimayev o‘n kun ichida ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi va tashkilot rekordini o‘rnatdi. Shundan so‘ng, uni bir necha bor Habib Nurmagomedov bilan solishtirishdi va "yangi Habib" deb nomlashdi.
Chimayev — mag‘lubiyatga uchramagan, u sakkizta jangida ham g‘alaba qozongan. Sportchi Chechenistonda tug‘ilgan va 16 yoshida Shvesiyaga ko‘chib o‘tgan.