Myunxen Iqtisodiy tadqiqotlar instituti rahbari yangi global iqtisodiy inqiroz yuzaga kelishi ehtimolidan ogohlantirdi.
Klemens Fyust bu haqda Süddeutsche Zeitung gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina Qo‘shma Shtatlarning savdo tariflari siyosati global iqtisodiyotni inqirozga olib kirmaydi.
"Ammo agar proteksionizm Xitoyda ham, Yevropada ham tobora tezroq tarqala boshlasa, bu juda jiddiy va katta xavfni yuzaga keltiradi", — dedi Myunxen Iqtisodiy tadqiqotlar instituti (IFO) rahbari.
Fyustning fikricha, agar hamma “noto‘g‘ri yo‘ldan yursa”, bu “jiddiy inqiroz”ga olib kelishi mumkin.
"Amerikaliklar o‘zlarining ishonchli hamkor sifatidagi obro‘sini yo‘qotmoqda. Bu ancha xatarli jarayon, chunki AQSh hanuzgacha “dunyodagi eng muhim iqtisodiy kuch” hisoblanadi va sodir bo‘layotgan voqealar “tashvishli signal”dir. Dunyo bo‘yicha fond bozori kapitallashuvining uchdan ikki qismi Qo‘shma Shtatlar hissasiga to‘g‘ri keladi, dollar esa jahon zaxira valyutasi hisoblanadi. Agar bularning barchasi qulasa, buni oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmaydi", — deya ogohlantirdi Fyust.