Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi fuqaro B.Butunboyevning O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi ishonch telefoni orqali qilgan murojaati O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi tomoni dan o‘rganildi.
Mazkur murojaatda iste’molchi, Jizzax shaxridagi “JIZZAX MOTORS" avtosalonidan shartnoma asosida 97000000 so‘m evaziga yangi "COBALT " avtomoshinasini xarid kilganligi, ammo oradan bir oy vaqt o‘tib avtomoshinasining motor kismida nosozliklari ma’lum bo‘lganligi sababli avtosalonga borib murojaat qilganligi, "Jizzax Motors" avtosalon xodimlari esa nosozlikni bartaraf etishni paysalga solib kelayotganligini ta’kidlagan.
Murojaat Federasiyaning Jizzax shahar jamiyati tomonidan o‘rganilishi natijasida avtomashina dvigetili yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro S.Abdurahmonov tomonidan kelgan murojaatda aytilishicha “Farg‘ona AvtoTexXizmat” avtosaloniga 115 million 607 ming so‘m, ya’ni 100 foizlik oldindan to‘lovni amalga oshirish orqali “Lacetti-Gentra” rusumli avtomashina sotib olgan. Biroq mazkur avtoulovda nuqsonlar borligi (eshiklari choklari bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi, avtoulovni old qismi bamperida bo‘yoq ko‘chgani va h.k) sababli boshqasiga almashtirib berilishini talab qilgan. Avtosalon xodimlari esa iste’molchining bu talabini qanoatlantirmagan.
Bu murojaat, Federasiyaning Farg‘ona shahar jamiyati tomonidan o‘rganilishi natijasida mazkur avtomobil yangisiga almashtirib berildi.
Yana bir murojaat Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, Naymansaroy qishlog‘ida yashovchi fuqaro Karim Qulboshev tomonidan kelib tushgan.
Ta’kidlanishicha, K.Qulboshev joriy yilning 5 fevralida “AS Qashqadaryo servis” MCHJ bilan “Sobalt” rusumli mexanik boshqaruvga ega avtomashina sotib olish uchun shartnoma rasmiylashtiradi va shartnoma shartlariga ko‘ra 97 million 83 ming so‘m to‘lovni amalga oshiradi. Biroq, “Sobalt” rusumidagi mexanik boshqaruvga ega avtomashina ishlab chiqarilishi to‘xtatilganligi sababli avtosalon ma’muriyati u bilan rasmiylashtirilgan shartnoma bekor qilinishini ma’lum qiladi. Bu xabar bankdan yillik 22 foizlik avtokredit olgan iste’molchini qiyin ahvolga solib qo‘ygan.
Mazkur murojaatga Federasiya xodimlarining aralashuvi bilan Q.Qulboshevga “Sobalt” rusumli transport o‘rniga “Lacetti” rusumidagi mexanik boshqaruvga ega avtomashina yetkazib beriladigan bo‘ldi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federasiyasi Matbuot xizmati