Joriy yilning 20 yanvar kuni Yangi-Angren IES qozon agregatida ko‘mir-kukuni havo aralashmasining chaqnashi natijasida “Vostokenergoteploizolyasiya” AJning 3 nafar xodimi olingan jarohatlar natijasida vafot etgan.
Energetika vazirligi Matbuot xizmatiga ko‘ra, ularning oila a’zolariga dafn marosimini o‘tkazish uchun 20-21 yanvar kunlari 4 million 866 ming so‘mdan birinchi moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, bugun, 22 yanvar kuni Yangi-Angren IES tomonidan vafot etganlarning oila a’zolariga qo‘shimcha ravishda 105 million so‘mdan moddiy yordam ko‘rsatildi.