Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yandex Go mijozlaridan yechib olingan ortiqcha mablag‘lar qaytarildi

Yandex Go mijozlaridan yechib olingan ortiqcha mablag‘lar qaytarildi

Raqobat qo‘mitasi Toshkent va Qashqadaryoda Yandex Go taksi xizmati orqali fuqarolar hisobidan asossiz yechib olingan mablag‘lar qaytarilganini ma’lum qildi. Qo‘mitaga jamoat transportida yo‘lkira narxining oshirilgani va yangi avtomashinalardagi texnik nosozliklar yuzasidan ham murojaatlar kelib tushgan.

Xususan, Toshkent shahrida Yandex Go xizmati orqali asossiz qarzdorlik hisoblangan va ortiqcha mablag‘ yechib olingan fuqaroga kompensasiya qaytarilib, qarzdorlik bekor qilindi.

Xuddi shunday holat Qashqadaryo viloyatida ham qayd etilgan bo‘lib, ayni xizmat orqali foydalanuvchining plastik kartasidan mablag‘lar asossiz yechib olingan. Qo‘mita aralashuvidan so‘ng mablag‘lar qaytarilgan.

Kiritildi: 16:15 23.05.2025. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!