Bugun 11 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yana Istanbul, yana Medinskiy

Yana Istanbul, yana Medinskiy

Moskva Ukraina bilan muzokaralarga yana Rossiya Federasiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiyni yubormoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova "Rossiya 24" telekanali efirida ma’lum qildi. Uning aytishicha, Rossiya delegasiyasi tarkibi avvalgidek bo‘ladi.

Ilgari Rossiya hukumati Ukrainaga muzokaralarning ikkinchi bosqichini 2-iyun kuni Istanbulda o‘tkazishni taklif etgan edi. Kiyev hozircha bu taklifga na rozilik bildirgan, na rad etgan.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Tixiyning ta’kidlashicha, Kiyev hamon Rossiyadan janglar to‘xtatilishi bo‘yicha memorandum olmagan.

Kiritildi: 22:44 29.05.2025. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!