Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Yana bir soha xodimlarining maoshi oshiriladi. Ular kimlar?

Yana bir soha xodimlarining maoshi oshiriladi. Ular kimlar?

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

arxiv ishi va ish yuritish sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va nazoratni amalga oshirish;

Milliy arxiv fondining hujjatlarini jamlash, ularning saqlanishini, davlat hisobiga olinishini ta’minlash va ulardan keng foydalanish;

davlat arxivlarini boshqarish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash;

arxiv xizmatlarini ko‘rsatishda nodavlat sektorni yanada rivojlantirish, arxiv ishi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, metodik ishlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika arxivlari amaliyotiga joriy etish;

zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda muntazam ravishda arxiv ishi va ish yuritish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning malakasini oshirish tizimini shakllantirish;

arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning ilg‘or ish tajribasini o‘rganish va ommalashtirish, xorijiy arxivlarda saqlanayotgan O‘zbekiston tarixiga oid arxiv hujjatlari nusxalarini olib kelish.

Belgilanishicha, Agentlik va uning hududiy boshqarmalari xodimlari o‘z vakolati doirasida arxiv hujjatlarini topshirishning, saqlashning, ulardan foydalanishning, xuddi, shuningdek, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan xizmatlar ko‘rsatishning belgilangan tartibini buzganlik holatlari yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish huquqiga egadirlar.

2019 yil 1 oktyabrdan:

Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffisiyenti 1,6 baravarga oshirgan holda qo‘llaniladi;

Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlariga sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq to‘lanadi.

Ushbu bandni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Kiritildi: 10:45 21.09.2019. O'qildi: 4444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!