Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Yana bir sobiq prezident 12 yillik uy qamog‘iga hukm qilindi

Yana bir sobiq prezident 12 yillik uy qamog‘iga hukm qilindi

Kolumbiyaning sobiq prezidenti Alvaro Uribe guvohlarga bosim o‘tkazish va firibgarlik harakatlari uchun 12 yillik uy qamog‘iga hukm qilindi, deb xabar beradi BBC.

73 yoshli siyosatchi mamlakat tarixida jinoyat uchun sudlangan ilk sobiq prezidentga aylandi. Sud unga davlat xizmatlarida ishlash taqiqini joriy qildi va 578 ming AQSh dollari miqdorida jarima soldi.

Aybsiz ekanini ta’kidlagan Uribe Bogotada bo‘lib o‘tgan sud majlisida hukm ustidan shikoyat berishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish “demokratik muxolifat ovozini o‘chirishga qaratilgan”.

Alvaro Uribe 2002 yildan 2010 yilgacha Kolumbiya prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. Unga chap qanot isyonchilariga qarshi kurashda o‘ng qanot qurolli guruhlar bilan aloqada bo‘lgani haqida ayblovlar qo‘yilgan, biroq u bu da’volarni qat’iy rad etadi. Shunga qaramay, u Kolumbiyada hanuz mashhur siyosatchi hisoblanadi.

Sobiq prezident taxminan 13 yil davom etgan tergov jarayonida guvohlarga bosim o‘tkazishga doir ikki modda bo‘yicha aybdor deb topildi.

Kiritildi: Bugun 00:15. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!