Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yana bir davlatda Falastinni qo‘llab-quvvatlab miting o‘tkazildi

A A A
Yana bir davlatda Falastinni qo‘llab-quvvatlab miting o‘tkazildi

Vilnyusda Falastinni qo‘llab-quvvatlash mitingi bo‘lib o‘tdi. Unga 100 ga yaqin odam yig‘ildi, deb yozadi xorijiy OAV.

Falastin bayroqlari va Falastin xalqiga qarshi "genosidni to‘xtatish"ga chaqiruvchi plakatlar ko‘targan namoyishchilar poytaxtning asosiy xiyobonidan sobor maydonidan Vincas Kudirka maydoniga qadar bir necha yuz metr yurib, miting o‘tkazdilar.

“O‘z harakatimiz bilan biz urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarga zamonaviy dunyoda o‘rin bo‘lmasligi kerakligi haqida xabar bermoqchimiz. Bu, afsuski, Falastinda Isroil davlati paydo bo‘lganidan beri sodir bo‘lmoqda”, — dedi jurnalistlarga aksiya tashabbuskorlaridan biri Andrius Mazeyka.

Falastinni qo‘llab-quvvatlagan namoyishdan farqli o‘laroq, xiyobon yaqinida Isroil bayroqlari ko‘targan bir guruh odamlar bor edi.

Kiritildi: 10:16 30.11.2023. O'qildi: 886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!