Yamandagi husiylar mamlakat janubidagi Aden shahrida joylashgan «Al-Maashiq» prezident saroyiga raketa zarbasi berdi. Bu haqda Reuters agentligi rasmiylarga tayanib xabar tarqatdi.
«Yamanlik husiylar payshanba kuni janubdagi Aden shahrida joylashgan prezident saroyi majmuasiga raketalar uchirdi. Hujum oqibatida ikki nafar qo‘riqchi halok bo‘ldi», — deyiladi agentlik xabarida.