Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Yamanda AQShning zarbalari natijasida yuzlab tinch aholi halok bo‘ldi

Yamanda AQShning zarbalari natijasida yuzlab tinch aholi halok bo‘ldi

2025 yilda AQShning Yamandagi havo hujumlarida yuzlab tinch aholi halok bo‘lgan yoki yaralangan.

NBC News xabariga ko‘ra, faqat 17 va 28 aprel kunlaridagi havo hujumlarida taxminan 150 tinch aholi halok bo‘lgan, taxminan 200 kishi yaralangan.

Kanal ma’lumotlariga ko‘ra, 6 aprel kuni ham xususiy uyga hujum qilingan, ammo bu hodisadan halok bo‘lganlar soni hali aniqlanmagan. Atigi 53 kun ichida AQSh harbiylari yuzlab havo hujumlarini amalga oshirib, Yamandagi mingdan ortiq nishonlarga zarba bergan.

Shu bilan birga, inson huquqlari tashkilotlari tinch aholi orasida ko‘p sonli qurbonlar borligini xabar qilganiga qaramay, Pentagon AQShning "Ansar Alloh" harakatiga qarshi operasiyasi tinch aholining o‘limiga olib kelganini rad etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh 2025 yil 15 martda prezident Donald Trampning ko‘rsatmasi bilan husiylar nishonlariga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni boshlagan. May oyi boshida ikki tomon Ummon vositachiligida sulhga kelishib olishgan.

Kiritildi: 09:40 06.08.2026. O'qildi: 1415 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!